ЗД / MN
Zakladnoy detallar
Anker sterjenlari payvandlangan plastina — beton konstruksiyaga quyishdan oldin o'rnatiladi. Seriya 1.400-15 va individual chizmalar bo'yicha.
O'z ishlab chiqarishimiz · Toshkent
Qurilish va fasad tizimlari uchun metall buyumlar. Chizmangiz bo'yicha kesamiz, payvandlaymiz, sinklaymiz va obyektga yetkazib beramiz.
01 — Mahsulotlar
Seriya albomlari bo'yicha tipovoy detallar ham, mijozning chizmasi bo'yicha nostandart buyumlar ham. Partiya hajmi 50 donadan boshlanadi.
ЗД / MN
Anker sterjenlari payvandlangan plastina — beton konstruksiyaga quyishdan oldin o'rnatiladi. Seriya 1.400-15 va individual chizmalar bo'yicha.
КК / КР
Ventilyatsiyalanadigan fasad tizimlari uchun tayanch va oraliq kronshteynlar. Alyuminiy, zanglamaydigan yoki sinklangan po'lat.
AP
Ustun va metall konstruksiyalarni fundamentga biriktirish uchun teshikli plitalar. Kesish va burg'ulash chizma o'lchamlari bo'yicha.
NST
Ramka, tayanch, xomut, zinapoya elementlari va boshqa metall detallar — eskiz yoki DWG fayl bo'yicha.
02 — Xususiyatlar
Quyidagilar asosiy ish diapazoni. Chizmangizda boshqa o'lcham yoki po'lat markasi bo'lsa — yuboring, imkoniyatni tekshiramiz.
| Plastina po'lati | С235, С245, С345 (ГОСТ 27772), 09Г2С |
|---|---|
| Anker sterjeni | А240, А400 (ГОСТ 34028), Ø8–25 mm |
| Plastina qalinligi | 4–20 mm |
| Maksimal o'lcham | 1500 × 3000 mm |
| Payvandlash | ГОСТ 14098 — Т, Н, У turdagi birikmalar |
| Qoplama | Issiq sinklash (ГОСТ 9.307), grunt-emal, qoplamasiz |
| Ishlab chiqarish standarti | ГОСТ 10922-2012 |
| Minimal partiya | 50 dona |
| Hujjatlar | Sifat pasporti, po'lat sertifikati |
03 — Jarayon
01
DWG, PDF yoki qo'lda chizilgan eskiz yuborasiz. Hajm va qoplama turini aytasiz.
02
Metall sarfini hisoblaymiz, narx va muddatni beramiz. Odatda bir ish kuni ichida.
03
Kesish, burg'ulash, payvandlash. Har partiyada o'lcham va chok nazoratdan o'tadi.
04
Sinklash yoki bo'yash, so'ng hujjatlar bilan birga obyektga yetkazib berish.
04 — Nega biz
Kesish va payvandlash o'z sexida bajariladi — muddat vositachiga bog'liq emas.
Tipovoy katalogga bog'lanmaymiz. O'lchamni siz berasiz, biz shunga moslab tayyorlaymiz.
Har partiya sifat pasporti va po'lat sertifikati bilan topshiriladi — texnik nazorat uchun yetarli.
Toshkent shahri va viloyatlarga yetkazib berish. Katta partiyalar uchun grafik bo'yicha jo'natish.
05 — Aloqa
Chizma bo'lsa — darhol aniq narx aytamiz. Bo'lmasa ham qo'ng'iroq qiling, o'lchamni birga aniqlaymiz.